UbayduloAbduxafizov
O‘tmish
Kelajak
O‘qish davrimdagi
ilk ishlar
Portalning narigi tomoni. Bu yerda — o‘qish yillarimdagi ilk ishlarim: interyer, animatsiya, landshaft va predmet vizualizatsiyasi.
Har bir loyiha — yangi dastur, yangi usul va yangi savol edi. Bugungi renderlarim aynan shu ishlar ustida qurilgan poydevorda turibdi.
Interyerlar
Turar joy va jamoat interyerlari — yotoqxonadan oshpazlik maktabigacha. Yorug‘lik, material va kompozitsiya bilan ishlashning ilk qadamlari.
Yotoqxona va garderob — Instagram uchun tayyorlangan vertikal video.
«Resto» kafesi — jamoat interyeri: yashil o‘simliklar, och ranglar va yumshoq kunduzgi yorug‘lik.
Ko‘k oshxona — to‘q ko‘k fasadlar va marmar fartuk; bir daqiqalik video.
Oshpazlik maktabi — konferens-zal va professional oshxona.
«Har bir render — avvalgisidan bir qadam oldinga. O‘tmishdagi ishlar bo‘lmasa, kelajakdagilari ham bo‘lmasdi.»
Ubaydulo Abduxafizov
Animatsiya
Kadrlar harakatga keladi: interyer bo‘ylab qisqa sayr va suv bo‘yidagi landshaft.
Interyer animatsiyasi — vertikal formatdagi qisqa animatsiya.
Qirg‘oq bo‘yi — suv bo‘yidagi landshaft animatsiyasi, ikki qism.
Eksterer va predmet
Xonadan tashqarida — bog‘ uchun ochiq oshxona va studiya yorug‘ligidagi avtomobil.
Bog‘ oshxonasi — ochiq havoda mangal va pech modullari, yog‘och panelli devorlar.
VAZ-2106 — predmet vizualizatsiyasi: studiya yorug‘ligidagi avtomobil.